Poyezdga yetolmagach yigit yugurishdan töxtadi. "Jin ursin ösha svetaforni,- hayolidan ötkazardi u,- ertaroq harakatlanish kerak edi. Qayerdanam ösha betayinning mashinasiga ötirdim!" U asabi tarang holda ortga ögirildi. Shu vaqtda xuddi özi kabi poyezd ortidan afsuslanish bilan qarab qolgan qizga közi tushdi. Qizning uzun sochlarini shamol öynab, xafaqon yuzlariga tushirarkan, yigit undan közlarini uzolmay qoldi. Haqiqatda, qarshisida judayam sohibjamol 21-22 yoshlar atrofidagi qiz turardi. Qiz ham yurishdan töxtadi. Uning shaxlo közlari anchagina olislab ketgan poyezdga termulgan köyi yig'lab yuborishga tayyor turardi. Yigitga qizning bu holati judayam g'alati, özgacha jozibali tuyulardi. Ayni damda yigit poezdni unutib ham yuborgandi. "Yaxshiyam shu svetafor bor ekan", - tabassum qildi u. Qiz ham taqdirga tan berdi shekilli, yigit tomonga qaradi. - Salom, -dedi yigit. - ... - Poezdda ketadigan odam bunday ertaroq harakat qilishi kerakda. - Sizga öxshabmi,- kuldi qiz. - Yöq, men poezddan sizni körib tushib qoldim. Qiz javob bermay vokzal ichi tomon yöl oldi. Yigit unga yetib oldi va gapirishda davom etdi: - Bu shaharda hamma shoshadi, xatto poezdlar ham. - Sizchi? - Menmi? Shoshib qayerga ham borardim. Taqdirimda nima yozilgan bölsa shu. Kechirasiz, siz taqdirga ishonasizmi? - Yöq. - Bekor qilasiz. Qiz kassaga borib keyingi poezd qachon bölishini söradi. 8 soatdan keyin degan javobni eshitgach, juda xafa böldi. Yigitni esa ushbu javob mutlaqo xursand qilib yuborgandi. Chunki bu gözal qiz tobora uni maftun qilib borardi. - Afsus,- dedi qiz. Yigit bölsa, kassadagi qizga minnatdorchilik bildirdi: - Rahmat sizga, iloji bölsa yana qöshimcha 8 soat ushlab turinglar ösha poyezdni. Qiz yigitni kuzatib turarkan, uning özini tutishidan hayron qolardi. Qiz odamlar gavjum bölgan kutish zalidagi örindiqlardan biriga borib ötirdi. Biroz ötgach yigit ham uning yoniga kelib ötirdi. - Mening ismim ... , bu shaharda mehmonman. Sizchi? - Men ham mehmonman,- javob berdi qiz. - Ismingizni aytmaysizmi? - Zarurati yöq, ishonavering. - Albatta... Ishonish yarim g'alaba degani. Qiz qöng'iroq qilish uchun chetroqqa chiqdi. Qayergadir qöng'iroq qildi. Yigit uni diqqat bilan kuzatardi... Qiz qaytib kelgach yigit undan söradi: - Uzr, ruchka topiladimi? Qiz sumkasidan ruchka olib yigitga uzatdi. Yigit dabdurustdan ruchka bilan qöliga nimanidir yozdi-yu qizga ruchkasini qaytarib berdi. Bir oz ötgach qiz örnidan qözg'aldi. Yigit: - Sizni uyda kutishyapti, shunaqami? - Ha. - Avtobusda 6 soatlik yöl. Umuman olganda keyingi poyezdni kutishning foydasi ham yöq. Maylimi, sizga hamrohlik qilsam? Faqat yöq demang. - Nega endi yöq demasligim kerak? - Chunki, meni taqdirimga siz bilan bitta avtobusda birga ketish yozilgan bölishi kerak. - Aytdimku, men taqdirga ishon... Qiz oxirigacha gapirolmadi. Aniqrog'i yigit kaftlariga haliroq qizning ruchkasi bilan yozgan yozuvni unga körsatgach hayratdan gapirishdan ham töxtab qoldi. Yigitning qöliga bejirimgina harflarda qizning ismi yozilgandi. Qiz örnidan qözg'alib, allaqachon chiqish eshigi tomon yönalgan yigitdan söradi: - Qayerdan topdingiz? Yigit qizga ögirilib qaradi, qölini avval köksiga, keyin peshonasiga olib bordi-yu kulib javob berdi: - Buni taqdir deydilar... * * * Qiz va yigit shaharlararo qatnovchi avtobusga chiqishdi. Biroz jim ötirishgach yigit kamzulining kissasidan judayam ixcham, lekin öta chiroyli kichik gul g'uncha olib qizga tutdi: - Tug'ilgan kuniz bilan! Qiz közlarini katta-katta ochib yigitga qarardi. Haqiqatda bugun uning tug'ilgan kuni, shu sabab uyiga shoshilayotgandi. Yonida ötirgan öta qobiliyatli quvnoq "folbin" esa uni hayron qoldirishda davom etmoqda edi - Q...Qayerdan bildiz? - Buni jon deb aytardim-u zaruriyati yo'q, ishonavering, - kuldi yigit. - Jiddiy so'radim. - Bu muhim emas, muhimi sizni birinchi bölib men tabrikladim. - Haya, rahmat,- qiz jilmaydi. Biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan kelishgan yigit qizni tabassum qilishga majburlay olardi. Avtobus yölga chiqdi. Yigit qizga qiziq narsalar haqida gapirib berar, u oddiy narsalar haqida ham shunday kulguli va jumboqli gapirardiki, qiz miriqib kulardi, teran öyga tolardi. Bir soatcha yurishgach qiz yigitdan söradi: - Endi ismimni qanday qilib topganizi ayta qoling. Yigit biroz jim qoldi, keyin qizga qaramasdan söz boshladi - Dunyoda shunday toifali insonlar borki, öz fikrini siz-u menga shunchaki bildirolmaydilar. Eshitishadiyu zabonlari yöq, yoki aksincha eshitmaydilar. Men shunday kishilarga öz fikrlarini ifodalay olish san'atini örgataman. Kasbim shunaqa. Qöl harakatlari orqali, lablarning qimirlashi orqali ularning nima haqda gapirayotganlarini tushuna olaman. Endi siz haqizda, menimcha vokzalda oyijonizga qöng'iroq qilgandiz... Qiz vokzaldagi oyisi bilan telefon suhbatini yodga oldi: - Allo, Assalom-u alaykum oyijon, bu men ...man. - Voalaykum, poyezdga chiqdingmi? Qachon yetib kelasan? - Oyi, poyezddan qolib ketdim. Mehmonxonada tölovlar böyicha muammo böldi. Kelsam, poyezd ketib bölibdi. Endi avtobusda bora qolaman. Shuning uchun 3-4 soat kechikaman, xavotir olmang. - Vaqtliroq harakatingni qilsang bölmaydimi? Bu yoqda hamma seni kutib ötiribmiz. Bugungi kunni unutdingmi? - Bilaman, oyijon. Bugun tug'ilgan kunim. Unutib bölarkanmi, kechiring, shunaqa bölib qoldi. Böldi, mana yölga chiqyapman. - Xöp qizim, yölda ehtiyot bölgin. - Xöp oyijon, xavotir olmang... Qiz uni telefonda suhbatlashayotgan chog'ida kuzatib ötirganini yodga oldiyu hammasini fahmladi. Barchasi ravshan bölgach qiz kuldi: - Demak siz joyizda ötirgan holda uzoqdagilarning ham nima haqda gapirayotganligini bila olasiz, shunaqami? - Agar lablari harakati körinarli bölsa, ha. - Unda anavi orqa örindiqda ketayotgan oq sochli odam yonidagi ayolga nima haqda gapiryapti? Yigit orqaroqda ötirgan ösha kishi tarafga bir muddat qarab turdi. Keyin qizga uning nima haqda gapirayotganligini tushuntirdi: - U qizi haqida gapiryapti. Yonidagi turmush örtog'i, qizlarini körishga ketayotgan bölishsa kerak. - Qizlarini? - Ha. Qizlari shifoxonada ekan. - Hm... Anavi oldingi örindiq yonida tik turib, hozir bizga qarab jilmayayotgan qiz nima haqda gapiryapti? Yigit ösha tarafga qarab kulib yubordi. Qizning ma'noli qarashiga sokin javob berishga urindi: - U siz haqizda gapirdi. Menimcha aytmaganim ma'qul. - Men haqimdami? Ayting, nima dedi u? - Yaxshi, u anavi chiroyli qiz erining qölidan mahkam ushlab olibdi, xuddi qöyib yuborsa men olib qochib ketaman, dedi. Qiz yarq etib öz holatiga diqqat qildi. Chindan bu öyinning qiziqligi gashtidan mashg'ulotga berilib ketgan va yigitning öng qölini siqib olgandi. Buni özi beixtiyor bajarganligi uchun ahamiyat bermagandi. Qiz darhol qölini tortib oldi. U oynadan yöl chetida yastanib yotgan dalalarni tomosha qilishga tushdi. Uning yuzi yonardi. " G'alati... Uyatmi bu? Erimish... Odamlarga ham hayronsan, bilmasdan gapiraverishadi",- öylardi qiz. Jilmaygancha hayol surayotgan qizning hayolini yigitning ovozi böldi: - Hey... - Hm? - Avtobus yölda töxtarkan, ul-bul tanavvul qilvolish kerak. - Hm. - Yana "hm" mi? - Hm... Yengil kulgu, haliroq yuzaga kelgan öng'aysizlikni hayollardan bir chetga surib tashladi. Avtobus yöl chetida biroz turgach, yana yölga chiqdi. Qiz judayam charchagandi. Yigitning qaysidir mavzudagi sokin sözlari ta'sirida közi ilindi... - Allo,- qizni uyg'otdi yigit,- uyg'oning malika, shahrizga yetib keldik. Qiz avtobus oynasidan tashqariga qaradi. Darhaqiqat yetib kelishibdi. Yana bir oz yurishsa bas. - Mana bu sizga,- yigit qizga tumor tutdi shu payt,- tug'ilgan kuniz bilan! - Rahmat, hojati yöq, shundog'am yetarlicha syurpriz kun böldi bugun. - Sovg'ani qaytarishmaydi. Tög'ri, bu tumor u qadar qimmatbaho emas, ammo men uchun qadrli. Bu sizga ham omad keltiradi. Qiz sezdiki, sovg'ani olmasa yigit xafa böladi. - Rahmat,- dedi qiz bejirim tumorni qöliga olarkan,- chindan omad keltiradimi? - Albattada. - Unaqada, poyezdga nega kech qoldiz? Qizning jilmayib söragan savolidan söng yigit uning közlariga qaradi va kulib javob berdi: - Poyezddan qolib ketganimni kim omadsizlik dedi... Qizning yuragi jizillab ketdi shu onda... Avtobus töxtadi. Yigit va qiz avtobusdan tushishdi. Xayrlashish kerak edi-yu, lekin negadir bunday qilishda ularda xohish topilmasdi. Nihoyat, qiz jimlikni böldi: - Mayli, hammasi uchun rahmat sizga, omon böling. - Siz ham. - Xayr... - Nega endi xayr? Balki yana uchrashib qolarmiz? Qiz jilmaydi: - Qaydam... - Men esa ishonaman,- yigit qölini avval yuragi ustiga, keyin peshonasiga olib bordi,- axir buni taqdir deydilar... Qiz yigitga sönggi bor jilmaydiyu burilib ketdi. Ketardi-yu yuragi dukullardi. Hayolida faqat bir söz aylanardi: buni taqdir deydilar... Birinchi bor uchrashdilar-u birinchi bor ayrilmoqda edilar... Qiz ancha yurib ortiga ögirilib qaradi. Ancha narida biroz surbetroq, lekin bu öziga yarashadigan kelishgan yigit xuddi u kabi ögirilib unga qarab turardi ... * * * Yigit shu kun bir kichik e'tiborsizlikka yöl qöygandi. Bu e'tiborsizligi ehtimol bir vaqtning özida uning ulkan xatosi ham edi. U qizdan telefon raqamini, hech bölmasa, ish joyi yoki manzilini sörashni unutgandi. Buning uchun qanchalar afsus chekmasin, endi befoyda edi. Ösha sohibjamol qizning gözal chehrasi har daqiqada köz öngida paydo bölaverardi. Avtobusda qiz uning yelkasiga boshini qöyib uxlab qolganidagi hayajonli holatini öylab qolardi. Bir kun... Ikki kun... Uch kun... Yöq, ortiq bu taxlit yashab bölmaydi. Uni topish kerak. Sevib qolganini aytish kerak. Lekin qanday qilib? Faqat ismini-yu tug'ilgan kunini bilsa? Keyin dizayner ekanligi ma'lum. Endi faqat qidirish kerak. Axir buni sevgi deydilar. Sevgi - bu taqdir... * * * Oradan 5 oy ötdi... Xiyobonda, gavjum odamlar orasida telefonda kim bilandir suhbatlashib ketayotgan yigit kimgadir urilib ketdiyu telefoni qölidan tushib ketdi va chil-chil böldi. Yigit telefon bölaklarini yerdan oldi-yu jahl bilan ösha insonga qaradi: - Közizga qara.s... Siz?! Yigitning qarshisida 5 oydan beri qidirib topolmaydigan, ösha, uning oromini ög'irlab ketgan uzun sochli qiz turardi. Yigit uni ösha xayrlashishgan kundan boshlab qidira-qidira hech topolmasdi. Internetdan, modalar uyidan, shaharning deyarli har bir hududidan uni qidirgandi. Lekin qiz haqida biron ma'lumot topilmasdi. Chunki qiz öqirdi, dizaynerlik esa uning sevimli mashg'uloti edi xalos. Vaqt ötgan sari yigit taqdiriga tan bera boshlagandi. Haya, taqdir... Mana u qizni yana yigitga uchrashtirmoqda edi. - Yaxshimisiz,- qizning yoqimli ovozi hayolini böldi. - Endi, ha! - Telefoniz singani uchunmi? - Yöq... Uni siz sindirganiz uchun. "Hecham özgarmabdi". Shu fikr har ikkisining hayolida paydo böldi. - Uzr sörayman, behosdan... Tög'risi, shoshib ketayotgandim... - Ha, bu shaharda ham hamma shoshadi. - Xatto poyezdlar ham... Yana ösha vaqtlardagidek kulgu yangradi... - Taqdirni qarang, sizni 5 oy qidirib topolmagandim, uni özi bizni 5 soniya ichida uchratdi. Aytgancha, hali ham taqdiqga ishonmaysizmi,- yigit bir oz vaqtdan keyin, ular chetroqdagi örindiqqa ötirishgach qizdan söradi. - Yöq,- jilmaydi qiz. - Unaqada nima sabab aynan siz bilan bu taxlit uchrashib qoldik? - Bu tasodif... Yigit qizning shu 5 oy ichida uni unutib yubormaganligini sezdi. Har holda, uchrashganlarida, qiz aytgan "poyezdlar ham shoshadi" iborasi uni nimadandir umidvor qilardi. Shu kun yigit qiz bilan uzoq suhbatlashmadi. Lekin u qizning telefon raqamini oldi. Shu kun yigitning yuzida ulkan quvonch shukuhi porlardi. Har holda u qizning nima haqdadir chuqur öyga tolib qolayotganini payqamasdi. U mast edi. Baxtdan mast edi... * * * Qiz poyezdga kech qolgan kun avtobusdan tushib, u bilan xayrlashdiyu uyiga shoshdi. Bugun u juda xursand edi. Tug'ilgan kuni juda ajoyib ötardi. Oilasi davrasida haqiqiy bayram qilib nishonlashdi. Tug'ilgan kun torti, sovg'alar... Mehmonlarni kuzatib, charchagan köyi örniga yotarkan qiz bugungi sovg'alar ichida eng ajoyibini qöliga oldi. Bu yurakcha shaklidagi bejirim tumor edi. Unga qarab biroz surbetroq, lekin bu öziga juda yarashadigan, kelishgan yigitni öyladi. Lablariga mayin tabassum yugurdi. Tumorni yostig'ining ostiga qöyib qöydi-yu közlarini uyquga yumdi. Ertasiga darsda ötiribdi-yu h
Post a Comment